add

Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

11.07.2025 | 10:207343

2025/2026 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayoni boshlandi. Nomzodlar 10 avgustgacha my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, 2025/2026 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagidagi talabgorlar uchun qabul jarayoni boshlandi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Yagona ta’lim xizmatlari portali — my.edu.uz orqali amalga oshiriladi va 2025 yil 10 avgustgacha davom etadi. Ariza topshirish uchun nomzodlar onlayn platforma orqali o‘z pasport ma’lumotlari, shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ma’lumotlarini kiritishi, oliy ma’lumot diplomi va uning ilovasining elektron nusxasini yuklashi, shuningdek, o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi talab etiladi. Ikkinchi va undan keyingi ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. Qabul parametrlari esa har bir oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqqan holda, muassasa kengashi tomonidan belgilanadi. Mazkur yo‘nalishda o‘qishga qabul qilish tartibi «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Talabgorlar qabul jarayonida belgilangan hujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq taqdim etishi zarur. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda davlat OTMlarining magistratura yo‘nalishlari uchun ham 2025/2026 o‘quv yiliga qabul jarayoni olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz