
Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin
13.08.2025 | 19:0044492
U bilan birga Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger O‘zbekistonga kelishi taxmin qilinmoqda.

O‘zkosmos vakillari 2028 yilda Xalqaro astronavtika kongressi (IAC)ni Samarqandda o‘tkazish taklifi bilan O‘zbekiston nomzodini ilgari surgan. Agar ariza ma’qullansa, tadbirkor va SpaceX asoschisi Ilon Mask ishtirokchilar orasida bo‘lishi kutilmoqda, u an’anaviy ravishda kongressda maxsus vakil sifatida qatnashadi.
O‘zA xabariga ko‘ra, mazkur tadbir ko‘lami jihatidan global xalqaro forum hisoblanib unda har yili 10 mingga yaqin kosmik soha mutaxassislari va kompaniyalar ishtirok etadi.
Ushbu tadbir mezbonligiga nomzod davlat imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger O‘zbekistonga keldi. U Samarqand va Toshkentda infratuzilma, xavfsizlik va logistika imkoniyatlarini o‘rgandi.





