add

Imron Xon qamoqxonada vafot etgani aytilmoqda

Bugun 08:189262 Daqiqa

Afg‘oniston nashrlaridan birining yozishicha, Imron Xon 17 kun oldin qamoqxonada sirli tarzda o‘ldirilgan.

Imron Xon qamoqxonada vafot etgani aytilmoqda

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqxonada vafot etgani haqidagi ma’lumotni tarqatdi. Bu xabarning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Xon tarafdorlari qamoqxona oldiga to‘planib, tushuntirish berishni talab qilishdi.

Bugun kunduzi Afg‘oniston OAVlari Pokistonning sobiq bosh vaziri qamoqxonada o‘ldirilganini ma’lum qildi.

«Pokistondagi ishonchli manba Imron Xon shubhali tarzda o‘ldirilgani va uning jasadi qamoqxonadan olib chiqilganini tasdiqladi», - deya xabar berdi X Afghanistan Times ijtimoiy tarmog‘i.

Boshqa bir afg‘on nashrining aytishicha, «Pokiston armiyasidagi nomi oshkor qilinmasligini so‘ragan manba"»ga ko‘ra, Imron Xon «17 kun oldin qamoqxonada sirli tarzda o‘ldirilgan».

Ta’kidlanishicha, Imron Xon tarafdorlari va Pokiston adolat harakati (Pakistan Tehreek-e-Insaf) partiyasi a’zolari o‘z yetakchisi haqida ma’lumot olish uchun qamoqxona oldida to‘plangan. Shu sababli Pokiston hukumati xavfsizlikni ta’minlash uchun yuzlab harbiylarni jo‘natgan.

Ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Foydalanuvchilarning yozishicha, Pokiston hukumati uning qamoqxonada vafot etgani haqidagi xabarlarni inkor etmoqda.

Shuningdek, Pakistan Observer nashrining xabar berishicha, kecha, 25-noyabr kuni Adial qamoqxonasi boshlig‘i Islomobod Oliy sudiga yo‘llagan maktubida Pokiston adolat harakati asoschisi «qattiq nazorat ostida» ekanini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, kechadan beri qamoqxona oldida sobiq bosh vazirning tarafdorlari to‘planib, uning yoniga kiritishni yoki u haqida ma’lumot berishni talab qilmoqda. Xabar qilinishicha, norozilar orasida Imron Xonning singlisi ham bor.

Voqea joyidan olingan foto va videolar X ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yanvar oyida Pokiston sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushru Xonni korrupsiyada ayblab, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Bundan bir kun oldin u davlat sirini oshkor qilgani uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan

O‘tgan yilning noyabr oyida Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonning qamoqdan ozod etilishini talab qilgan tarafdorlari politsiya bilan to‘qnashib, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘siqlarni yorib o‘tib, Islomobod markaziga kirib borgan edi. Har ikki tomonning bayonotlariga ko‘ra, kamida olti kishi halok bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid

Imron Xon qamoqxonada vafot etgani aytilmoqda | Vaqt.uz