add

Indoneziyada bir sutkada Semeru vulqoni 11 marta otildi

26.05.2025 | 15:4527693

Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida joylashgan Semeru vulqoni bir kecha-kunduzda 11 marta faollashdi. Mutaxassislar mahalliy aholi va sayyohlarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

Indoneziyada bir sutkada Semeru vulqoni 11 marta otildi
TASS agentligining ma’lum qilishicha, Indoneziyaning markaziy qismida joylashgan Sharqiy Yava provinsiyasida joylashgan Semeru vulqoni 24 soat ichida 11 marta otilgan. Otilgan vaqtlarda vulqondan chiqqan kul ustuni 1200 metr balandlikka ko‘tarilgan, ya’ni dengiz sathidan 4876 metr balandlikka yetgan. Mahalliy rasmiylar tomonidan joriy etilgan xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, aholi va sayyohlarga vulqondan 8 kilometr janubiy-sharq tomonga yaqinlashmaslik qat’iy tavsiya qilindi. Bundan tashqari, qizib chiqqan magmatik toshlar otilishi ehtimoli tufayli vulqon atrofidagi 3 kilometrlik hududda bo‘lish taqiqlandi. Semeru — Indoneziyadagi to‘rtinchi eng baland vulqon bo‘lib, uning balandligi dengiz sathidan 3 676 metrni tashkil etadi. U Yava orolidagi eng baland nuqta hisoblanadi. 2021 yilning 5 dekabrida sodir bo‘lgan otilish natijasida 50 nafar inson halok bo‘lgan edi. Indoneziya dunyodagi eng yirik orollar arxipelagi bo‘lib, Tinch okeanidagi “Olov halqasi”da joylashgan. Bu mintaqada kuchli seysmik faollik kuzatiladi. Mamlakat hududida 500 dan ortiq vulqon mavjud bo‘lib, ulardan 130 ga yaqini faol holatda hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Indoneziyada bir sutkada Semeru vulqoni 11 marta otildi | Vaqt.uz