Logo

Infantino Tramp ma’muriyatidan yordam so‘ramoqda — NYT

Bugun 08:002 daqiqa

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan inqirozli vaziyatda FIFA rahbari Donald Tramp bilan bir necha bor telefon orqali bog‘lanishga uringan.

Infantino Tramp ma’muriyatidan yordam so‘ramoqda — NYT

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z lavozimini saqlab qolish maqsadida AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan yordam olishga harakat qilmoqda.

«New York Post» nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, 3-avgust kuni u AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

Nashr suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, rasman uchrashuvda futbolning AQSHning «yumshoq kuchi» sifatidagi o‘rni muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Biroq manba bu muloqotning asosiy maqsadi Infantinoni ehtimoliy iste’fodan himoya qilish ekanini ta’kidlagan.

«U davlat kotibi bilan bog‘lanib, futbol Amerika yumshoq kuchining bir qismi bo‘lishi mumkinligi haqida gaplashmoqchi bo‘lgan. Ammo barchamiz bilamizki, gap ishdan bo‘shatilishdan himoyalanish haqida ketmoqda», — degan manba.

Inqirozga sabab bo‘lgan 4,2 milliard dollarlik loyiha

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan inqirozli vaziyatda FIFA rahbari Donald Tramp bilan bir necha bor telefon orqali bog‘lanishga uringan. Nashrning eslatishicha, Infantino jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishni taklif qilganidan so‘ng keskin tanqidlarga uchragan va keyinchalik bu g‘oyadan voz kechishga majbur bo‘lgan edi.

Dastlabki rejaga muvofiq, FIFAning asosiy erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarini nazorat qiluvchi yangi kompaniya tuzilishi ko‘zda tutilgan edi.

Infantinoning fikricha, «FIFA Forward Enterprise» loyihasining tashkil etilishi FIFAga a’zo assotsiatsiyalarning daromadlarini oshirib, jahon miqyosida futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lardi.

Xalqaro futbol federatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur sxema 4,2 milliard dollar miqdorida sarmoya jalb qilishi mumkin edi.

Jamoatchilik e’tirozi va iste’fo

Biroq ushbu tashabbus futbol mutasaddilari, milliy federatsiyalar va boshqa tashkilotlar tomonidan keskin qoralandi.

Taniqli sport jurnalisti Romen Molinaning xabar berishicha, Infantino tashkilot ichida o‘ziga nisbatan ishonchni yo‘qotgani sababli tez orada iste’foga chiqishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid