Investitsiyalar hajmi oshdi: sarmoyadorlar orasida kim yetakchi?
06.08.2025 | 14:0040435
O‘zbekistonda 2025 yilning birinchi yarmida investitsiyalar hajmi 273,4 trln so‘mga yetdi. Xorijiy sarmoyaning katta qismi, ya’ni har uch dollardan biri Xitoydan keldi.

Yaqin yillar o‘rtasidagi farqlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2023 yilning birinchi yarmida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 157,2 trln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 243,6 trln so‘mga, 2025 yilning birinchi yarmida esa 273,4 trln so‘mga yetdi. Qayd etib o‘tish lozimki, 2025 yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar (273,4 trln so‘m) o‘tgan yilga nisbatan 12,2 foizga ko‘proq.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 71,5 foizni tashkil qilgan. Bu o‘sish yirik infratuzilma loyihalari, sanoat quvvatlarini kengaytirish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisobiga ta’minlanmoqda. Biroq, tashqi kapitalga ortiqcha bog‘liqlik iqtisodiy xavflarni ham oshirishi mumkin.
[caption id="attachment_12012" align="aligncenter" width="620"]
Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Hududlar kesimida
2025 yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p investitsiya Toshkent shahrida (47,9 trln so‘m) amalga oshirildi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (40,7 trln so‘m) va Namangan viloyati (29,2 trln so‘m) joylashgan. Bu hududlarda investitsiya faolligi qurilish, sanoat va xizmatlar sohasining yuqori talabiga bog‘liq.
[caption id="attachment_12013" align="aligncenter" width="620"]
Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Qashqadaryo (20,8 trln so‘m) va Buxoro (19 trln so‘m) viloyatlarida asosan sanoat va energetika yo‘nalishidagi loyihalar amalga oshirilgan. Surxondaryo (9 trln so‘m) va Xorazm (9,6 trln so‘m) esa investitsiya faolligi past hududlar sifatida qayd etildi.
Xorijiy sarmoya ulushi
[caption id="attachment_12014" align="aligncenter" width="620"]
Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Xorijiy sarmoyadorlar maydonida mutlaq yetakchilikni Xitoy qo‘lga kiritgan — mamlakatga kelayotgan har uch dollarlik tashqi sarmoyaning bir dollaridan ortig‘i aynan Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi (36,2 foiz). Uning ortidan ikki yirik o‘yinchi — Rossiya (8,4 foiz) va Turkiya (8,1 foiz) katta bo‘lmagan farq bilan qadam tashlab kelmoqda.
Shu bilan birga, Yaqin Sharq va Yevropa kapital bozorining vakillari ham faol: BAA 4,1 foiz bilan, Germaniya 3,7 foiz va Saudiya Arabistoni 3,1 foiz ulush bilan ro‘yxatni yakunlaydi.
Avvalroq, so‘nggi 5 yil ichida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi qariyb 2,7 barobarga ko‘payganini ma’lum qilgan edik. Ularning 90 foizdan ortig‘i xususiy sektordan kelgan. Xususan, korxonalar 44 trln so‘m, aholi esa 17,3 trln so‘m sarmoya yo‘naltirgan.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.