
«Ipak yo‘li» banki rebrending amalga oshirdi
Biroq, unda jiddiy imlo xatolikni ko‘rish mumkin: bank nomidagi «YOʻLI» so‘zi «yuli» shaklida yozilgan. Bank esa xatolik bilan qilingan ushbu logotipdan allaqachon o‘z sayti boshqa hujjatlarida foydalanishni boshlagan.

O‘zbekistondagi «Ipak yo‘li» banki 2025 yildagi ikkinchi bank rebrendingi sifatida o‘z logotipini yangiladi. Bank minimalistik uslubda yangilangan logotipni taqdim etgan.
«Biz brendimizni mustahkamlash va uni yanada zamonaviy va ko‘rinadigan qilish maqsadida yangiladik. Yangi shiorimiz «Katta maqsadlar sari» bo‘lib, har bir inson o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yish huquqiga ega. O‘zlarini cheklamaslik uchun. Va yaqin atrofda ularga ishonadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan sherik borligini bilishi muhim.», — dedi Bank mutaxassisi Vaqt.uz'ga.
Bankning yangilangan logotipi yorqin rangi bilan avvalgisiga nisbatan tezda e’tibor tortadi. Biroq, unda jiddiy imlo xatolikni ko‘rish mumkin: bank nomidagi «YOʻLI» so‘zi «yuli» shaklida yozilgan. Bank esa xatolik bilan qilingan ushbu logotipdan allaqachon o‘z sayti boshqa hujjatlarida foydalanishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, «Ipak yo‘li» banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2013 yildan beri Bankning aksiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. O‘zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko‘ra, uning faoliyati ko‘lami bo‘yicha «Ipak Yo‘li» banki 2021 yilning birinchi yarmida 13-o‘rinni egallab turibdi, bozor ulushi esa 2,03 foizni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yangilanishdan avval, Smartbank bank ham rebrending qilib, nomini Openbank deb o‘zgartirgan edi.





