add

Ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin

03.10.2025 | 12:1033843

O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasiga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran bunday transport vositalari qayta ro‘yxatga olinmaydi va davlat ro‘yxatidan chiqariladi. Faqat «antikvar» maqomiga ega mashinalar bundan mustasno hisoblanadi. Qarorning asosiy maqsadi — yo‘llarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash va mazkur sohadagi ishlarni samarali tashkil etishdan iborat. Chunki eski avtomobillar texnik holati va ekologik talablarga javob bermasligi sababli yo‘l-transport xavfini oshiradi. Shuningdek, loyihada yo‘l harakati qoidalarini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish choralari ham belgilangan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi va hokimliklar bilan hamkorlikda «Yashil chiroq» nomli musobaqalarni uch bosqichda tashkil etadi. Bundan tashqari, «Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlarni tashkil etish va g‘oliblarni taqdirlash xarajatlari «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanishi mumkin | Vaqt.uz