add

Ishlab chiqaruvchilar yarim yillikda 43,8 trln so‘m soliq to‘ladi

15.08.2025 | 13:3017503

2025 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatdagi asosiy sanoat sub’ektlari davlat byudjetini sezilarli ravishda to‘ldirdi. Daromadning katta qismi 20 ta yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ishlab chiqaruvchilar yarim yillikda 43,8 trln so‘m soliq to‘ladi
Yanvar–iyun oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 57 792 ta yuridik shaxs tomonidan jami 43,8 trln so‘m soliq to‘langan (https://t.me/fiskaltahlil/1245). Shuning 9,2 trln so‘mi atigi 20 ta yirik soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 91 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, ular 1,2 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalangan. Soliq turlari kesimida eng yirik tushum qo‘shilgan qiymat solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelib, u 3,2 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinda 2,2 trln so‘m bilan aksiz solig‘i turibdi. Yer qa’ri resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan 1,1 trln so‘m, foyda solig‘idan esa 1 trln so‘m undirilgan. Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 587,6 mlrd so‘m, ijtimoiy soliq 572,9 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 283,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Boshqa turdagi soliqlardan esa 227,1 mlrd so‘m davlat xazinasiga yo‘naltirilgan. Ma’lumotlar ishlab chiqarish sohasining iqtisodiyotdagi ulushi katta ekanini va yirik soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti daromadlarini ta’minlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, qurilish korxonalari yarim yilda 4,2 trln so‘m soliq to‘lagan.

Teglar

Mavzuga oid