add

Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in chiqdi

19.08.2025 | 11:404292

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hozircha hodisada jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in chiqdi
19 avgust kuni soat 11:11 da Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qurilish mahsulotlari yongani haqida xabar tushishi bilan hodisa joyiga navbatchi va qo‘shimcha yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in «Islom sivilizatsiyasi markazi» binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida kelib chiqqan. Soat 11:32 da yong‘in o‘rab olinib, soat 11:34 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida 19 kv.m binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan. FVVning xabar berishicha, binoda nodir eksponatlar saqlanmagan va binoning ichki qismiga zarar yetmagan. Vazirlikka ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozircha moddiy zarar miqdori ochiqlanmadi.

Teglar

Mavzuga oid