add

Isroil armiyasi Eronning 6 ta aeroportiga hujum qildi

23.06.2025 | 13:1548233

23 iyun kuni Isroil mudofaa armiyasi Eronning turli hududlarida joylashgan aerodromlariga zarba berib, kamida 15 ta harbiy samolyot va vertolyotni yo‘q qilgani aytilmoqda.

Isroil armiyasi Eronning 6 ta aeroportiga hujum qildi
SAHAL (Isroil mudofaa armiyasi) dushanba kuni Eronning g‘arb, sharq va markaziy hududlarida joylashgan kamida olti harbiy aerodromga havo zarbasini amalga oshirdi. Armiya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida uchish-qo‘nish yo‘laklari, samolyotlar uchun mo‘ljallangan yerosti angarlari, yonilg‘i quyish samolyoti va turli modeldagi uchuvchi texnika — jumladan, F-14, F-5 va AH-1 kabi samolyotlar yo‘q qilingan. Xabarlarga ko‘ra, jami 15 ta samolyot va vertolyot Isroil dronlari tomonidan nishonga olinib, butunlay yo‘q qilindi. SAHAL bu harbiy texnikalar Isroil harbiy havo kuchlariga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf manbai ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, Isroil havo kuchlari Eronning Kirmonshoh shahri atrofida joylashgan va Isroil tomon yo‘naltirilgan «yer-yer» raketa tizimlari va ularning omborlariga ham zarba berdi. Hujumda 15 ta Isroil harbiy samolyoti ishtirok etgan. SAHAL ma’lumotiga ko‘ra, bu amallar Isroil xavfsizligini ta’minlash va Eron harbiy salohiyatini cheklash maqsadida amalga oshirilmoqda. Armiya Isroilning havodagi ustunligini saqlab qolish va ehtimoliy tahdidlarga qarshi kurashishni davom ettirishini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid