add

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ovqatdan zaharlandi

21.07.2025 | 10:1533603

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu shifokor xulosasiga ko‘ra ovqatdan zaharlanish oqibatida yuzaga kelgan ichak yallig‘lanishi bilan bog‘liq kasallikka chalindi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ovqatdan zaharlandi
20 iyul kuni Isroil bosh vaziri o‘zini yomon his qilganidan so‘ng, u o‘z uyida Hadassa Eyn-Kerem kasalxonasining ichki kasalliklar bo‘limi rahbari, professor Alon Hershko tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Tashxisga ko‘ra, Netanyahu ifloslangan ozuqa iste’moli natijasida ichak yallig‘lanishiga duchor bo‘lgan. Qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng bosh vazirning ahvoli yaxshi deb baholandi. Hozirda u suvsizlanishni davolash maqsadida tomir orqali suyuqlik qabul qilmoqda. Shifokorlar tavsiyasiga binoan, Netanyahu uch kun mobaynida uyida dam oladi va davlat ishlarini shu yerdan turib boshqaradi. Uning ish faoliyati masofaviy shaklda davom ettirilishi rejalashtirilgan. The Jerusalem Post nashri yozishicha, bosh vazirning «uyda turib davlat ishlarini yuritishi» aslida uning 22 va 23 iyul kunlari (dushanba va seshanba) bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jinoiy ish bo‘yicha sud majlislariga qatnasha olmasligini anglatadi. Netanyahuning advokatlari yakshanba kuni kechqurun sudga murojaat qilib, bu haftaga belgilangan guvohlik berish sessiyasini rasman bekor qilishni so‘rashdi. Ular bosh vazirning ko‘rsatmasini chorshanba kuniga ko‘chirish taklifini bildirishdi. Ammo sudlar Isromlda an’anaviy ta’tilga chiqishi munosabati bilan jarayonlar kechiktirilib, endi faqat sentyabrda qaytadan boshlanishi kutilmoqda. Bu esa Netanyahuga qarshi sud jarayonida navbatdagi bosqichni bir necha haftaga surishni anglatadi.

Teglar

Mavzuga oid