
Isroil Eron davlat televideniyesini bombaladi
17.06.2025 | 08:2046062
Eron poytaxti Tehronda joylashgan davlat televideniyesi studiyasi Isroil zarbasiga uchradi. Hujum aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri efir paytida, Isroil harakatlariga munosabat bildirilayotgan dastur chog‘ida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil Eron davlat televideniyesi binosiga hujum qildi. Bu hujum Isroilning Erondagi fuqarolik inshootlariga zarba berish niyatini e’lon qilganidan so‘ng darhol sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda TRT.
Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB)  poytaxt Tehrondagi idorasi Isroil hujumiga uchraganini tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarda ko‘rinishicha, hujum jonli efir paytida, Isroil hujumlariga munosabat bildirilayotgan dastur vaqtida yuz bergan.
Boshlovchi Isroilning harakatlarini qoralayotgan paytda sodir bo‘lgan portlash studiyaga zarar yetkazib, jiddiy vayronagarchilikka olib kelgan. Tasvirlarda portlash lahzasi va efirning uzilishi ham aks etgan.





