add

Isroil Eron raketalari «Temir gumbaz»ni yorib o‘tganini tan oldi

18.06.2025 | 08:4510603

Isroil mudofaa kuchlari Eron hududidan otilgan ballistik raketalarning bir qismi havo hujumidan himoya tizimiga chap berib o‘tganini e’tirof etdi. Ba’zi raketalar to‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga yetib borgan, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati.

Isroil Eron raketalari «Temir gumbaz»ni yorib o‘tganini tan oldi
Isroil armiyasi ma’lum qilishicha, so‘nggi sutkada Eron hududidan bir nechta ballistik raketalar otilgan va ularning asosiy qismi muvaffaqiyatli ravishda yo‘q qilingan. Biroq ayrimlari mamlakat havo mudofaasi tizimini teshib o‘tib, belgilangan nishonlarga yetib borgan. Isroil armiyasi jamoatchilikka fuqarolar mudofaasi xizmati ko‘rsatmalariga amal qilishni tavsiya qilmoqda. Ayrim hududlarda panohgohlarni tark etishga ruxsat berilgani ma’lum qilindi. 12-kanal telekanali manbasining ma’lum qilishicha, Eron tomonidan kamida sakkizta raketa otilgan. Ulardan ikkitasi odam yashamaydigan hududlarga qulagan. Hujumni qaytarishda AQSHning THAAD raketaga qarshi tizimi ham qo‘llangan. Isroilning «Qizil Dovud yulduzi» tez yordam xizmati hujum natijasida to‘g‘ridan to‘g‘ri jabrlanganlar yo‘qligini tasdiqladi. Biroq to‘rt kishi panohgohlarga qochish paytida tan jarohati olgani aytilmoqda. Eron Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ushbu hujumda birinchi marta maxsus tuzilgan, radarlarga ko‘rinmas raketalardan biri qo‘llangan. Raketani «Temir gumbaz» tizimi aniqlab ulgurmagan va u belgilangan nishonga yetib borgan. Bu Isroilning HHH tizimlari samaradorligi yuzasidan jiddiy savollar tug‘dirdi.

Teglar

Mavzuga oid

Isroil Eron raketalari «Temir gumbaz»ni yorib o‘tganini tan oldi | Vaqt.uz