add

Isroil: Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinmagan

14.09.2025 | 21:2146453

Trampning «to‘liq yo‘q qildik», degan bayonotiga qaramasdan, Isroil Fransiyaga Eron hali ham yadro salohiyatini saqlab qolganini ma’lum qildi.

Isroil: Eronning yadroviy dasturi butunlay yo‘q qilinmagan

Fransiyaning Le Monde nashrining yozishicha, Isroil rasmiylari so‘nggi haftalarda Fransiya hukumatiga AQSH va Isroilning iyun oyidagi havo hujumlariga qaramasdan, Eronning yadroviy dasturi to‘liq yo‘q qilinmaganini bildirgan. Ushbu bayonot AQSH prezidenti Donald Trampning avvalgi iddaolariga zid keladi.

Tramp 26 iyun kuni AQSH armiyasi Eronning yadroviy imkoniyatlarini butunlay yo‘q qilganini, bu haqdagi boshqa xabarlar esa «feyk» ekanini aytgan edi. Ammo sentyabr boshida Isroil maxsus xizmatlari Fransiyaga taqdim etgan ma’lumotlar Vashington bayonotiga zid chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda uranni boyitish uchun ishlatiladigan markaziy qurilmalar va ko‘plab ob’ektlar haqiqatdan ham vayron qilingan. Ammo Eron hukumatining uran zaxiralari, asosiy laboratoriya uskunalari va mutaxassis kadrlari to‘liq saqlab qolingan.

Bular Eronning yadro quroli yaratish salohiyati to‘liq yo‘q qilinmaganini anglatadi. Le Monde ta’kidlashicha, bu ma’lumot Fransiya uchun katta ahamiyatga ega, chunki AQSH razvedkasi Eron bo‘yicha Yevropa bilan axborot almashinuvini to‘xtatgan.

Teglar

Mavzuga oid