add

Isroil G‘azoda ovqat izlagan 20 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

03.08.2025 | 22:0022353

G‘azo sektorida yakshanba kuni ozuqa tarqatish nuqtalari atrofida yuz bergan otishma natijasida kamida 23 falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy shifoxona xodimlari va guvohlar xabar berdi.

Isroil G‘azoda ovqat izlagan 20 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi
AP nashrining xabar berishicha, ular guruhlar ochlikdan qutulish umidida ozuqa olish uchun to‘plangan bir paytda o‘q yomgiriga duch kelgan. Guvohlardan biri, Yusuf Abed, ozuqa tarqatish nuqtasiga yo‘l olayotganda «hech qanday farqsiz» otishma boshlanganini, yerda qon ichida yotgan uch nafar odamni ko‘rganini so‘zlab berdi. U otishma tufayli ularga yordam berolmaganini ta’kidladi. Janubiy G‘azodagi Nasir shifoxonasi ma’lumoticha, o‘ldirilganlar turli tarqatish nuqtalari yaqinidan olib kelingan. Jumladan, Xon Yunusdagi GFH (Gaza Humanitarian Foundation) ozuqa tarqatish punktidan uch kilometr uzoqlikdagi Teina hududidan sakkizta jasad keltirilgan. Bu tashkilot AQSH va Isroil qo‘llab-quvvatlagan xususiy pudratchi bo‘lib, ikki oydan ortiq vaqtdan beri gumanitar yordam tarqatish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Rafah shahridagi boshqa tarqatish nuqtasi shimolidagi Shakush hududidan bir nafarning jasadi olib kelingan. Morag koridorida esa Isroil chegarasi orqali kirishi kutilgan yuk mashinalarini kutayotgan to‘qqiz falastinlik o‘ldirilgani aytilmoqda. Xalqaro kuzatuvchilar G‘azo sektorida ikki yilga yaqin davom etayotgan harbiy operatsiya va Isroilning blokadasi tufayli ochlik xavfi tobora kuchayib borayotganini ogohlantirmoqda. 2 milliondan ortiq aholi yordamga muhtoj, ozuqa tarqatish nuqtalari esa ko‘pincha xavfli hududlarga aylanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid