add

Isroil hujumi oqibatida G‘azoda 4 jurnalist halok bo‘ldi

25.08.2025 | 18:2038923

G‘azodagi Nosir shifoxonasiga Isroil havo hujumi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi, ular orasida xalqaro OAV jurnalistlari ham bor.

Isroil hujumi oqibatida G‘azoda 4 jurnalist halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo janubidagi Nosir tibbiyot majmuasiga bergan zarbasi 19 kishining umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida to‘rt nafar jurnalist ham borligi ma’lum qilindi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Halok bo‘lganlar orasida «Al Jazeera» fotografi Muhammad Salama, «Reuters» agentligi fotomuxbiri Hussam al-Masri, «The Independent Arabic» va «Associated Press» nashrlari bilan hamkorlik qilgan jurnalist Maryam Abu Daqqa hamda «NBC» telekanali uchun ishlagan Muoz Abu Taxa borligi tasdiqlandi. «Reuters» agentligi o‘z xodimi Hussam al-Masrining halok bo‘lganini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, agentlik bilan ishlaydigan fotograf Xotam Xolid ikkinchi zarbada og‘ir yaralanib, shifoxonaga yotqizilgani aytildi. Isroil armiyasi va bosh vazir idorasi hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. Bu orada, «Falastin jurnalistlar sindikati» ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azoda 240 dan ortiq falastinlik jurnalistlar halok bo‘lgan. Urush boshlanganidan beri Isroilning havo zarbalari G‘azodagi fuqarolik ob’ektlari, jumladan tibbiy muassasalar va OAV xodimlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyat ushbu voqealar bo‘yicha jiddiy tashvish bildirayotgani qayd etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid