
Isroil Turkiya razvedka tizimini qo‘lga oldi
28.08.2025 | 21:4042452
G‘azoda shafqatsiz harakatlarni amalga oshirayotgan Isroil Suriyani ham tinch qo‘ymayapti.

Isroil, go‘yoki Isroil armiyasining harakatlarini kuzatish uchun mo‘ljallangan Turkiyaning ilg‘or razvedka tizimini aniqladi va qo‘lga oldi. Bu haqda Al-Hadath telekanali Isroilning xavfsizlik sohasidagi manbasiga asoslanib, xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni kech soat 11 dan keyin Isroilning to‘rtta vertolyoti SAHAL maxsus kuchlarini Damashq shahridan 13 kilometr janubda joylashgan Al-Qisva tumanidagi harbiy baza hududiga tushirgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bosqin davomida Isroil harbiylari maxfiy uskunalarni topishgan.
Telekanal manbasining ta’kidlashicha, Isroil tomoni ushbu hududda yaqinda o‘rnatilgan turk qurilmalarini demontaj qilgan.
G‘azoda vaxshiy harakatlarni amalga oshirayotgan Isroil asosan musulmonlar yurti bo‘lgan Suriyani ham tinch qo‘ymayapti.





