add

Isroil zarbasi chog‘ida Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon yaralangani ma’lum bo‘ldi

14.07.2025 | 14:3037833

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon va yana bir necha yuqori martabali rasmiylar Isroil hujumi chog‘ida yengil jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatdi.

Isroil zarbasi chog‘ida Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon yaralangani ma’lum bo‘ldi
O‘shanda zarba Tehrondagi Milliy xavfsizlik yuqori kengashi majlisi bo‘lib o‘tayotgan binoga berilgan. Bu vaqtda Eron rasmiylari pinhona qavatda bo‘lishgan. Ma’lum qilinishicha, majlis ishtirokchilari oldindan belgilangan favqulodda chiqish yo‘li orqali binodan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Hujum asosan binoga olib kiruvchi va chiqaruvchi eshiklarga yo‘naltirilgani aytib o‘tildi. Eron rasmiylari zarba berilgan joyning aniqligiga e’tibor qaratgan holda, ma’lumot sizdirilgan bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilishmayapti. Ushbu hodisa Isroil va Eron o‘rtasida 13 iyun kuni boshlangan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng qayd etilmoqda. Jangovor harakatlar AQSH tashabbusi bilan 24 iyundan kuchga kirgan o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish kelishuvi orqali to‘xtatilgan edi. Avvalroq, Mas’ud Pizishkiyon isroilliklar tomonidan uni o‘ldirishga urinish bo‘lgani haqida ham gapirgan edi. Amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida u bunday urinish bo‘lganini tasdiqlagan va «Ha, ular urinib ko‘rishdi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi», — degandi.

Teglar

Mavzuga oid