add

Isroilga kerak bo‘lgan bomba faqat AQSHda bor — narxi 500 mln dollar!

18.06.2025 | 21:403433

Isroilning Erondagi yadro inshootini yo‘q qilish bo‘yicha rejalarida faqat AQSHda mavjud bo‘lgan o‘ta og‘ir bomba muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu qurolning narxi 500 million dollar bo‘lib, uni faqat Amerika bombardimonchilari tashiy oladi.

Isroilga kerak bo‘lgan bomba faqat AQSHda bor — narxi 500 mln dollar!
Isroilga Eronning Fordodagi yerosti yadro markazini yo‘q qilish uchun kerakli bo‘lgan qurol faqat AQSHda mavjud. New York Post'ning yozishicha, ushbu bomba — GBU-57A/B nomli 15 tonnali o‘ta og‘ir snaryad bo‘lib, yer qa’ridagi inshootlarga ta’sir ko‘rsata oladigan quroldir. Fordodagi yadroviy ob’ekt tog‘ bag‘rida, taxminan 90 metr chuqurlikda joylashgan. Unga oddiy zarbalar yeta olmaydi. Bunday maqsadlar uchun maxsus chuqurni burg‘ulab portlaydigan bombalar kerak bo‘ladi. Bu vazifani bajara oladigan bomba — GBU-57A/B hisoblanadi. «Bu Amerika samolyoti va Amerika o‘q-dorisi bo‘ladi», - deydi AQSHning Vest-Poynt harbiy akademiyasidagi tadqiqotchi Jon Spenser. Uning ta’kidlashicha, ushbu bomba yer qa’riga kirib borgach portlaydi va yerosti inshootini yo‘q qilishga qodir. GBU-57A/B bombasining narxi 500 million dollardan yuqori bo‘lib, uni faqat B-2 Spirit strategik bombardimonchilari olib yurish imkoniyatiga ega. Bunday samolyotlar Isroil qurollar tarkibida mavjud emas.

Teglar

Mavzuga oid

Isroilga kerak bo‘lgan bomba faqat AQSHda bor — narxi 500 mln dollar! | Vaqt.uz