add

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng bazi aviakompaniyalar parvozlarni to‘xtatdi

13.06.2025 | 11:203443

2025 yil 13 iyun kuni Isroil Eronga nisbatan harbiy amaliyot boshlaganidan so‘ng, bir qator davlatlar havo hududini yopdi, aviakompaniyalar esa parvozlarni bekor qilish va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng bazi aviakompaniyalar parvozlarni to‘xtatdi
Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil, Eron va Iroq havo hududlari ustidan parvozlar to‘xtatilgan. Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroporti vaqtincha yopildi. Eron ham o‘z havo hududini noma’lum muddatga yopganini rasmiy ravishda ma’lum qildi. Shu bilan birga, Iroq ertalab o‘z havo makonini yopib, barcha aeroportlarda harakatni to‘xtatdi. Eron va Iroq hududlari orqali o‘tadigan yo‘nalishlar jahondagi eng zich parvoz yo‘llaridan biri hisoblanadi. Bu havo yo‘nalishlari Osiyodan Yevropaga uchuvchi ko‘plab reyslar uchun muhim ahamiyatga ega. Aviaqatnovlar Saudiya Arabistoni va Markaziy Osiyo orqali yo‘naltirila boshlandi. Emirates, Lufthansa va Air India aviakompaniyalari muammoli hududlar ustida uchayotgan bir paytda, rasmiy izoh bermagan. Emiratesning Manchester–Dubay reysi Istanbulga yo‘naltirilgan, flydubai’ning Belgraddan uchgan reysi esa Yerevanga qo‘ngan. Flydubai aviakompaniyasi Amman, Beyrut, Damashq, Eron va Isroilga reyslarni to‘xtatganini ma’lum qildi. Boshqa bir qator reyslar bekor qilindi, qayta yo‘naltirildi yoki uchish nuqtasiga qaytarildi.

Teglar

Mavzuga oid

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng bazi aviakompaniyalar parvozlarni to‘xtatdi | Vaqt.uz