add

IT-park o‘zini BBC orqali reklama qilishga 6 mlrd so‘m ajratdi

13.06.2025 | 19:0035362

IT-park o‘z faoliyatini xalqaro maydonda yoritish maqsadida Britaniyaning BBC telekanali orqali reklama qilishga qariyb 6 milliard so‘m mablag‘ ajratdi. Roliklar va mini-film Yevropada 150 marta efirga uzatiladi.

IT-park o‘zini BBC orqali reklama qilishga 6 mlrd so‘m ajratdi
2025 yil iyun oyida IT-park Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Dars Consulting (UK) Ltd kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Hujjatga ko‘ra, 470 145 dollar (taxminan 6 milliard so‘m) miqdorida mablag‘ BBC orqali piar ishlariga yo‘naltiriladi. Ushbu shartnoma doirasida BBC Globalning O‘zbekistondagi rasmiy tijoriy hamkori IT-park faoliyatiga bag‘ishlangan 2 ta 30 soniyalik rolik va 1 ta 90 soniyalik mini-film tayyorlash hamda telekanal orqali efirga uzatish majburiyatini oladi. Rolik va filmlar BBCning Yevropa bo‘ylab namoyish etiladigan kanalida jami 6 hafta davomida 150 marta efirga uzatilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali IT-park o‘z faoliyatini xalqaro jamoatchilikka kengroq tanitishga umid qilmoqda. Ayni paytda ushbu mablag‘ va piar loyihasi jamoatchilik orasida turlicha baholanmoqda. Ayrim kuzatuvchilar ushbu sarf-xarajatlar samaradorligi yuzasidan savol qo‘ymoqda, boshqalar esa bunday xalqaro ko‘rsatuvlar mamlakat IT sohasining imijini oshirishga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid