add

Italiya o‘zbekistonlik 3500 nafar o‘rta tibbiyot xodimini ishga oladi

15.10.2025 | 11:5040973

O‘zbekistondan ilk 10 nafar tibbiyot xodimi Italiyaga yo‘l oldi. Ular Milandagi klinikalarda ish boshlab, mahalliy sohaga moslashish jarayonidan o‘tadi.

Italiya o‘zbekistonlik 3500 nafar o‘rta tibbiyot xodimini ishga oladi
O‘zbekiston Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, Toshkent va Samarqanddan tanlangan 10 nafar tibbiyot xodimi 13 oktyabr kuni Milan shahriga yetib bordi. Ular uch oy davomida Italiya klinikalarida ishlab, italyan tili va sohaga oid bilimlarini mukammallashtiradi. Cinov loyiha doirasida O‘zbekiston va Italiya tibbiyot tizimlari o‘rtasidagi farqlar o‘rganilib, xodimlarning mahalliy sharoitga moslashish muddati va kasbiy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Italyan mutaxassislar o‘zbekistonliklar malakasini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng, 3,5 ming nafar o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqiladi. Bu tashabbus O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi besh yillik hamkorlik rejasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Gvido Bertolazo, Lombardiya gubernatori Attilio Fontana hamda boshqa rasmiylar bilan kelishilgan. Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya va mobillik bo‘yicha hamkorlik shartnomasi Italiya bosh vaziri Jorja Melonining may oyidagi tashrifi davomida imzolangan edi. Shuningdek, Italiya hukumati ilk bosqichda 1500 ta ish o‘rnini o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar uchun ajratgan.

Teglar

Mavzuga oid