
Iyun oyi tahlili: Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tushdi
19.06.2025 | 19:0029662
Iyun oyida Toshkentdagi yirik supermarketlarda o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga asosan 21 nomdagi mahsulot tahlil qilingan.

Mutaxassislar 9 turdagi mahsulotlar narxining pasayganini qayd etgan. Eng katta tushish oqbosh karamga tegishli bo‘lib, uning minimal narxi 64,2 foizga arzonlashgan. Pomidor — 44,7 foiz, bodring — 36,5 foiz, lavlagi — 21,5 foiz, banan — 13 foizga tushgan. Shuningdek, olma, guruch, mol go‘shti (file) va kartoshka narxlari ham sezilarli kamaygan.
Shu bilan birga, 6 turdagi mahsulotlar, jumladan limon, narxida o‘sish kuzatilgan. Ayniqsa limon narxi sezilarli o‘sib, bu mavsumiy omillar bilan izohlangan. Qolgan mahsulotlardan 6 tasining minimal narxlari o‘zgarmagan — bugug‘doy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin va kungaboqar yog‘i.
Tahlil 2025 yilning 7 may va 12 iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring natijalariga asoslangan bo‘lib, mamlakatdagi iste’mol bozoridagi mavsumiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilgan.





