add

Jahon banki: 2026 yilda neft narxi so‘nggi 5 yildagi eng past darajaga tushadi

30.10.2025 | 08:582811

Jahon banki prognoziga ko‘ra, 2026 yilda Brent markali neftning o‘rtacha narxi barreliga 60 dollargacha pasayishi mumkin. Bu so‘nggi besh yildagi eng past ko‘rsatkich bo‘ladi.

Jahon banki: 2026 yilda neft narxi so‘nggi 5 yildagi eng past darajaga tushadi

Jahon bankining yangi hisobotiga ko‘ra, 2026 yilda jahon neft bozoridagi narxlar sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, Brent markali neftning o‘rtacha bahosi bir barreli uchun 68 dollardan 60 dollargacha tushishi mumkin. Bu so‘nggi besh yil ichida qayd etilgan eng past daraja bo‘ladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2025 yil davomida neft bozoridagi taklif haddan ziyod ko‘paydi va kelasi yil bu ko‘rsatkich 2020 yildagi so‘nggi cho‘qqiga nisbatan 65 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu holat narxlarning yanada pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda energiya manbalari narxi umumiy hisobda 12 foizga, 2026 yilda esa yana 10 foizga pasayishi kutilyapti. Mutaxassislar bu tendensiyani global iqtisodiyotdagi so‘nishi, taklifning ortishi va muqobil energiya manbalari ulushining oshib borishi bilan izohlamoqda.

Shu bilan birga, hisobotda 2030 yilga borib elektromobillar sotuvi keskin ortishi kutilgani, bu esa neftga bo‘lgan talabni yanada kamaytishi mumkinligi qayd etilgan. Bu holat jahon energetika bozorida uzoq muddatli tarkibiy o‘zgarishlar yuz berishiga olib kelishi mumkin.

Ekspertlarning fikricha, neft narxlarining pasayishi qator eksportchi davlatlar byudjetiga bosim o‘tkazishi, lekin energiya importiga bog‘liq mamlakatlar uchun iqtisodiy yengillik yaratishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid