
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotinig o‘sishi bo‘yicha prognozini oshirdi
13.06.2025 | 16:4037353
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2025 yildagi o‘sish sur’atlari bo‘yicha ilgarigi baholarini yaxshiladi. Yangi hisobotda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va yuqori sur’atda rivojlanishi kutilmoqda.
Tashkilotning 2024 yil uchun yangilangan global iqtisodiy istiqbollar hisobotida keltirilishicha, joriy yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 6,5 foizni tashkil etgan. Bu yanvarda berilgan 6 foizlik prognozdan yuqori ko‘rsatkichdir.
2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti 5,9 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu ham avvalgi, 5,8 foizlik bahodan biroz yuqoriroq. Shu bilan birga, 2026 yil uchun prognoz o‘zgarishsiz qolgan — YAIM 5,9 foizga o‘sishi rejalashtirilgan.
Jahon banki ilk bor 2027 yil uchun ham baholarni taqdim etdi — ushbu yilda iqtisodiyot 5,8 foizga o‘sishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tashqi savdo faollashuvi va investitsiya muhitining yaxshilanishi o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bu holat Jahon bankining prognozlarni qayta ko‘rib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Jahon banki har yilda dunyo mamlakatlari uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va tahlilini tayyorlaydi. Unda rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar ham tavsiya qilinadi.





