
Jahon banki: Suriya qarzlarini to‘liq to‘ladi
19.05.2025 | 08:007523
Jahon banki Suriyaning qarzlarini to‘liq to‘laganini e’lon qilib, mamlakatni yangi kreditlar uchun munosib deb topdi. Bu qaror Saudiya Arabistoni va Qatar tomonidan 15,5 mln dollar miqdoridagi qarzlarni to‘lash orqali amalga oshdi.

Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi (IDA) Suriyani yanada qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Bankning birinchi loyihasi mamlakatda elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, bu sog‘liqni saqlash, ta’lim va suv ta’minoti kabi muhim xizmatlarni tiklashda asosiy omil hisoblanadi, deb yozmoqda Al-Jazeera.
Bu qaror AQSH prezidenti Donald Trampning Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi bayonoti bilan hamohang keldi. U Saudiyada bo‘lib o‘tgan GCC sammiti doirasida Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashdi. Bu ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi so‘nggi 25 yildagi birinchi uchrashuv bo‘ldi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) ham Suriya bilan hamkorlikni tikladi va 14 yil ichida birinchi marta mamlakatga missiya rahbarini tayinladi. IMF va Jahon bankining aprel oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Suriya iqtisodiyotining og‘ir ahvoli muhokama qilindi va uni tiklash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.
Ekspertlar bu o‘zgarishlar Suriyaning xalqaro moliyaviy tizimga qayta integratsiyasida muhim qadam bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.





