add

Jahon Top-50 iqtisodiyotlari: so‘nggi 25 yilda kim eng tez o‘sdi?

Kecha 08:512 daqiqa

So‘nggi 25 yilda jahon iqtisodiyoti keskin o‘zgardi: ayrim davlatlar sekin o‘sdi, boshqalari esa rekord sur’atlar bilan global reytingda yuqoriga ko‘tarildi.

Jahon Top-50 iqtisodiyotlari: so‘nggi 25 yilda kim eng tez o‘sdi?

So‘nggi chorak asr jahon iqtisodiyoti xaritasini butunlay o‘zgartirdi. Ayrim davlatlar sekin, ammo barqaror o‘sdi, boshqalari esa iqtisodiy sprinterga aylandi. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlari asosida «Visual Capitalist» 5-yanvar kuni e’lon qilgan reyting shu jarayonni yaqqol ko‘rsatadi.

top 50 iqtisodiyo

 

AQSH — hali ham raqibsiz gigant

Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon iqtisodiyotida mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda. Mamlakat YAIMi 30,6 trln dollarga yetgan va prognozlarga ko‘ra, bu ustunlik hali uzoq yillar davom etadi.

Shu bilan birga, AQSHning so‘nggi 25 yildagi o‘rtacha real iqtisodiy o‘sishi yiliga 2,1 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlar fonida ancha yaxshi: masalan, Yaponiya iqtisodiyoti yiliga atigi 0,6 foiz, Germaniya esa 1,0 foiz atrofida o‘sgan.

 

Xitoy — tarixiy sakrash

Xitoy so‘nggi 25 yilda eng ta’sirli iqtisodiy sakrashni amalga oshirdi. 2000 yilda 1,2 trln dollar bo‘lgan iqtisodiyot 2025 yilga kelib 19,4 trln dollarga yetdi. O‘rtacha yillik o‘sish — 8,0 foiz.

Bu o‘sish global ishlab chiqarish, eksport va sanoat zanjirlarida Xitoyning markaziy o‘rin egallashi bilan izohlanadi. Qisqacha aytganda, «dunyo fabrikasi» maqomi bekorga berilmagan.

 

Hindiston — yangi yetakchi nomzod

Hindiston so‘nggi yillarda eng dinamik yirik iqtisodiyotga aylandi. O‘rtacha yillik o‘sish sur’ati — 6,4 foiz. Mamlakat 4,1 trln dollarlik iqtisodiyot bilan allaqachon Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, dunyoda beshinchi iqtisodiyotga aylandi.

Eng qizig‘i — tendensiya o‘zgarmoqda. 2026 yilda Hindiston iqtisodiyoti 6,3 foiz o‘sishi kutilmoqda, Xitoyniki esa 4,0 foiz atrofida bo‘ladi. Agar shu sur’at saqlansa, Hindiston yaqin yillarda Yaponiyani ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa chiqishi, keyin esa Germaniyaga yaqinlashishi mumkin.

 

Yevropa ichidagi «tez yuruvchilar»

Yevropada o‘sish sur’atlari umumiy hisobda pastroq, ammo istisnolar bor. Ayniqsa:

Irlandiya — o‘rtacha 5,2 foizlik yillik o‘sish;

Polsha — 3,6 foizlik yillik o‘sish;

Bu mamlakatlar mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori natija ko‘rsatib, iqtisodiy «qo‘shimcha tezlik» qanday bo‘lishini namoyish qildi.

Markaziy Osiyodan faat Qozog‘iston 300 mlrd dollarlik iqtisodiyoti bilan Top-50 likning so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olgan.

Xulosa o‘rnida

AQSH hajm bo‘yicha hali ham birinchi raqamli iqtisod, lekin o‘sish dinamikasida sahnada yangi qahramonlar bor. Xitoy — so‘nggi 25 yilning asosiy rekordchisi, Hindiston esa navbatdagi o‘n yillikning asosiy intrigasi. Qisqasi, jahon iqtisodiyotida o‘yin tugamadi — faqat sur’at oshyapti.

Teglar

Mavzuga oid