add

Janubiy Koreya armiyasida askarlar soni keskin kamaygan

11.08.2025 | 11:4511062

Janubiy Koreya armiyasidagi faol xizmatchilar soni olti yilda 20 foizga qisqarib, 450 mingga tushgan. Asosiy sabab – harbiy xizmat yoshidagi erkaklar sonining kamayishi.

Janubiy Koreya armiyasida askarlar soni keskin kamaygan
Reuters’ning yozishicha, Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, xizmatga yaroqli yoshlar soni keskin kamayishi ofitserlar tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon davom etsa, kelgusida operatsiyalarni bajarishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Armiya tarkibi 2000-yillar boshidan, o‘shanda taxminan 690 ming askar bo‘lgan davrdan buyon muntazam qisqarib kelmoqda. 2019 yilda faol xizmatchilar soni 563 ming atrofida bo‘lgan, ammo 2025 yilga kelib 20 yoshli erkaklar soni 30 foizga qisqargan va 230 ming kishini tashkil etgan. Harbiy xizmat muddatining qisqarishiga AQSH bilan harbiy ittifoq va mudofaa sanoatini rivojlantirish sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Koreya urushi sulh bilan yakunlangan 1953 yilda xizmat muddati 36 oy bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 18 oy etib belgilangan. Janubiy Koreya mudofaa byudjeti 2025 yilda 43,9 mlrd dollardan oshib, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti hajmidan ham katta bo‘ldi. Shu bilan birga, mamlakatda 2024 yilda tug‘ilish darajasi 0,75 ni tashkil etib, dunyodagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid