
Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo sammiti 2026 yilga qoldirildi
29.06.2025 | 18:4041663
Siyosiy beqarorlik tufayli sammit muddati o‘zgartirildi.

2025 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Janubiy Koreya» davlatlari sammiti 2026 yilga qoldirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi Janubiy Koreya rasmiy manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qaror mamlakat Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Pak Yun Chju tomonidan parlamentdagi Xalqaro ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlangan. Sammitning kechiktirilishiga mamlakatdagi siyosiy beqarorlik va rahbariyatdagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgan. Xususan, sobiq prezident Yun Sok Yol tomonidan harbiy holat joriy etishga qilingan urinish mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga olib kelgan.
«Barcha tegishli holatlarni, jumladan, ichki kun tartibimizni hisobga olgan holda, sammit uchun 2025 yil davomida mos sana taklif qilish qiyin bo‘ldi», — degan Pak Yun Chju.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyunida Yun Sok Yol Markaziy Osiyo mamlakatlariga rasmiy tashrif buyurgan va Toshkent, Ashxobod, Ostona, Bishkek hamda Dushanbe rahbarlari bilan «Markaziy Osiyo — Koreya» formatidagi ilk sammitni tashkil etish, uni 2025 yilda Seulda o‘tkazishga kelishib olingan edi.
Biroq 2025 yil iyunida mamlakatda yuz bergan siyosiy vaziyat tufayli «Toburo» Demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon yangi prezident etib saylandi. Hozircha sammitning aniq sanasi ma’lum qilinmagan.





