
Janubiy Koreyada muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
29.05.2025 | 14:4033313
Janubiy Koreyada yangi prezidentni tanlash jarayoni boshlandi. Asosiy saylov 3 iyunga belgilangan bo‘lib, bu kun rasman dam olish kuni deb e’lon qilingan.

29-30 may kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Bu fuqarolarga o‘zlariga biriktirilgan uchastkada ovoz berish imkonini beradi. Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli yangi prezident saylash zarurati yuzaga kelgan. Avvalgi davlat rahbari Yun Sok Yol 2024 yil dekabrda joriy etilgan harbiy holatdan so‘ng impichmentga uchragan edi.
Markaziy saylov komissiyasi so‘nggi ovoz berishga tayyorgarlikni to‘liq yakunladi. «Gallup Korea» instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, saylovchilarning 86,8 foizi albatta ovoz berish niyatida ekanini bildirgan. Bu raqam mamlakatda siyosiy faollik yuqori darajada ekanini ko‘rsatmoqda.
27 may kuni, telebahsdan so‘ng, KBS uchun tayyorlangan so‘rov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Birlashgan demokratik partiya nomzodi Li Chje Myon 45 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Uning asosiy raqibi — Fuqarolik hokimiyati partiyasidan Kim Mun Su esa 36 foiz bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.
Joriy saylov Janubiy Koreyada siyosiy barqarorlikni tiklashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.





