Javohir Sindarov mukofot pullaridan soliq to‘laydimi?

Bugun 12:052 daqiqa

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov «Jahon toji» uchun bahsdagi g‘alabasi ortidan 1,3 mln dollardan ortiq mukofot puli olishi mumkin.

Javohir Sindarov mukofot pullaridan soliq to‘laydimi? © Этери Кублашвили/ФИДЕ

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 13-turida niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va musobaqada muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Musobaqadagi chempionlik sabab Sindarov ikkita yo‘nalishda pul mukofoti oladi.

FIDE tomonidan ushbu turnir uchun mukofotlar:

FIDE tashkiloti tomonidan chempionlik uchun kafolatlangan 70 ming yevro miqdoridagi mablag‘ ajratilgan. Qo‘shimcha har yarim ochko uchun 5 ming yevro bonus. Hozir Javohir 9,5 ochko to‘pladi, bu degani 95 ming yevro. Ertangi partiyada ochko olsa, yana mukofot qo‘shiladi. Demak, ushbu turnirning o‘zida u kamida 165 ming yevroni naqd qildi.

«Jaxon toji» uchun bahs

Sindarov uchun eng salmoqli daromad manbai «Jaxon toji» uchun bo‘lib o‘tadigan bahslardagi ishtiroki hisoblanadi. Ushbu bosqichda natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ishtirokchiga katta miqdordagi kafolatlangan to‘lov amalga oshiriladi.

Masalan, o‘tgan mavsumda «Jahon toji» sohibi bo‘lgan Gukesh 1 million 350 ming dollar mukofot puli olgan edi. Mag‘lubiyatga uchragan Din Liren esa 1 million 150 ming dollar bilan taqdirlangan. Shu nuqtayi nazardan, Sindarovning umumiy daromadi 1,3 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Bu mukofotlardan Sindarov qancha soliq to‘laydi?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-modda 6-bandiga ko‘ra, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan pul mukofoti soliq solinmaydigan daromadlar ro‘yhatiga kiritilgan.

Shuningdek, xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan ham daromad solig‘i olinmaydi.

Teglar

Mavzuga oid