add

Javohir Sindarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni berildi

Bugun 15:423171 Daqiqa

Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan Javohir Sindarov 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Javohir Sindarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni berildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni berildi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchiga Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylariga esa pul mukofotlari berilishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov Hindistonning Goa shahrida o‘tgan FIDE Jahon Kubogi finalida g‘olib bo‘lgan edi.

Teglar

Mavzuga oid