add

Jazirama chekinmoqda: hafta oxirida ham iliq va quruq harorat saqlanib turadi

01.08.2025 | 17:3026112

Avgust oyining ilk kunlarida O‘zbekistonda asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanadi. «O‘zgidromet» ma’lumoticha, dam olish kunlari harorat respublika bo‘ylab +32…+35 daraja atrofida, janubiy hududlarda ayrim joylarda +38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Jazirama chekinmoqda: hafta oxirida ham iliq va quruq harorat saqlanib turadi
Juma kuni Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik ehtimoli past. Ayrim mintaqalarda shamol tezligi soniyasiga 13−16 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Bu holat ayniqsa ochiq maydonlarda va qishloq xo‘jaligi ishlari olib borilayotgan joylarda noqulaylik tug‘dirishi ehtimol qilinadi. Toshkent shahrida juma kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, o‘zgaruvchan tarzda kechadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari poytaxtda asosan kam bulutli havo hukm suradi. Shamol sharqdan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esadi, kun ikkinchi yarmida soniyasiga 12–15 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20…+23 daraja, kunduzi +32…+35 daraja bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar avgust oyi boshi uchun odatiy iqlim me’yorlaridan 1–2 daraja past ekani qayd etilmoqda.  

Teglar

Mavzuga oid

Jazirama chekinmoqda: hafta oxirida ham iliq va quruq harorat saqlanib turadi | Vaqt.uz