JCH-2026 reklama bozoriga 10,5 mlrd dollar olib keladi

Bugun 17:361 daqiqa

Turnir global auditoriyani kengaytirsa-da, reklama bozoriga ta’siri avvalgi chempionatlarga nisbatan kamayishi kutilmoqda.

JCH-2026 reklama bozoriga 10,5 mlrd dollar olib keladi

2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan futbol bo‘yicha FIFA Jahon chempionati jahon reklama sanoatiga taxminan $10,5 mlrd qo‘shimcha daromad keltirishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yil Qatar chempionatiga nisbatan 1,1 foizga yuqori bo‘lsa-da, umumiy ta’sir dinamikasi pasayib borayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turnir rekord darajadagi global auditoriyani jalb qilishi va jahon yalpi ichki mahsulotini 40,9 mlrd dollarga oshirishi mumkin. Shunga qaramay, bu kabi yirik sport tadbirlarining reklama bozoriga bevosita ta’siri avvalgidek kuchli emas.

WARC Global Ad Trends hisobotiga ko‘ra, 2026-yilgi chempionatning reklama xarajatlariga ta’siri avvalgi musobaqalarga nisbatan kamtar bo‘ladi. Masalan, 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati reklama xarajatlarining 12,6 mlrd dollarga o‘sishiga sabab bo‘lgan.

Bu o‘zgarishlar media iste’molidagi transformatsiya bilan bog‘liq. Bugungi muxlislar o‘yinlarni faqat televizor orqali kuzatib qolmay, balki raqamli platformalarda ham faol ishtirok etmoqda. Masalan, TikTok FIFA'ning rasmiy hamkori sifatida eksklyuziv kontent taqdim etsa, YouTube turli translyatsiyalarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, Netflix va Amazon Prime kabi striming xizmatlari ham musobaqaga oid kontentga sarmoya kiritmoqda. Bu holat brendlarning an’anaviy reklama yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishiga olib kelmoqda.

Natijada, kompaniyalar oddiy homiylik paketlaridan ko‘ra, real vaqtdagi raqamli muloqot va madaniy jarayonlarga integratsiyalashgan marketing strategiyalarini tanlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid