add

Jeki Chan Olmaotada ko‘rinish berdi

24.09.2025 | 22:3010683

Qozoq mediasida aktyorning tashrifi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Jeki Chan Olmaotada ko‘rinish berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda jahonga mashhur aktyor Jeki Channing Olmaotada ekani haqidagi video tarqalmoqda. Kecha, 23 sentyabrdan boshlab qozoq mediasida taniqli aktyorning Olmaotaga tashrifi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q, ammo uning Qozog‘istonda ko‘ringanini aks ettiruvchi videoyozuvlar paydo bo‘ldi. Barchasi 23 sentyabrkuni Olmaota xalqaro aeroportida olingan suratdan boshlandi. Xabarda ta’kidlanishicha, Jeki Chan Qozog‘istonning Salem Entertainment media kompaniyasi jamoasi bilan birga ko‘zga tashlangan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turli taxminlar bildirmoqda. Birinchi va eng keng tarqalgan taxminga ko‘ra, aktyor Qozog‘istonga Salem kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi film yoki yirik loyihani suratga olish uchun kelgan. Ikkinchi taxminga ko‘ra, u «Qayrat» va «Real Madrid» jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak futbol o‘yiniga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan. Hozircha birorta ham rasmiy idora aktyorning Olmaotaga tashrif buyurganini tasdiqlamadi. Salem Entertainment mediakompaniyasi hamda futbol klubi vakillari ham hozircha vaziyatga nisbatan hech qanday izoh berishmadi. Shu bois, Jeki Channing tashrifi maqsadi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Uning kelishi shaxsiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid