add

Jizzaxda Aydarko‘l qirg‘og‘ida yangi aerodrom ochildi

23.08.2025 | 10:0022823

Aydarko‘lda qurilgan yangi aerodromning birinchi qo‘nishi CASA C295W harbiy samolyoti tomonidan amalga oshirildi.

Jizzaxda Aydarko‘l qirg‘og‘ida yangi aerodrom ochildi
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida yangi aerodrom ishga tushirildi. Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 1700 metr, eni esa 30 metrni tashkil qiladi. Aerodrom ikki to‘xtash maydoni va kichik terminalga ega bo‘lib, asosan L-410 va ATR-72 kabi mintaqaviy samolyotlarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Mazkur aerodromning birinchi sinov parvozi CASA C295W harbiy transport samolyoti orqali amalga oshirildi. Shu tariqa Arnasoy aerodromi rasman o‘z faoliyatini boshladi. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda bir qator yangi aeroportlar ishga tushirilgan edi. Xususan, Zomin, Qo‘qon va Sariosiyodagi aeroportlar birinchi reyslarni qabul qildi. Aydarko‘l qirg‘og‘ida qurilgan aerodrom ham shu jarayonning davomi sifatida mamlakat turizm salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, yangi aerodrom kelgusida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi kurort majmuasi uchun muhim transport tuguniga aylanishi mumkin. Bu esa Jizzax viloyatini mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yanada ochiq qilishda muhim qadam sifatida baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aydar-Arnasoy qirg‘oqlarida zamonaviy turizm markazi barpo etilishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid