add

Jizzaxdagi AES maydoniga yangi temir yo‘l tarmog‘i tortiladi

11.10.2025 | 15:3047633

Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi loyihasi doirasida 9 kilometrlik yangi temir yo‘l tarmog‘i barpo etiladi. Bu orqali Rossiyadan keladigan reaktor uskunalari temir yo‘l orqali tashish rejalashtirilgan.

Jizzaxdagi AES maydoniga yangi temir yo‘l tarmog‘i tortiladi
Jizzax viloyati Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi (AES) maydoniga temir yo‘l tarmog‘i tortiladi. Bu haqda 6-oktyabr kuni o‘tkazilgan press-turda AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Kalmuratov ma’lum qildi. Uning ta’kidicha, logistika masalalari hozirda hal etilayotgan bo‘lib, qurilish materiallari va uskunalarning bir qismi yaqindagi temir yo‘l orqali yetkazib beriladi. Kalmuratovning so‘zlariga ko‘ra, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yangi yo‘nalish belgilangan, smeta hisob-kitoblari tayyor va loyihaning amalga oshirish tartibi belgilab olingan. Yangi temir yo‘l uzunligi taxminan 9 kilometr bo‘ladi. Reaktor uskunalari Rossiyadagi «AEM-Spetstal» metallurgiya zavodida ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ularni ham temir yo‘l orqali O‘zbekistonga yetkazib berish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, logistika jarayoni uskunaning turi va texnik talablariga qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston hozirda Qozog‘iston vazirlik va idoralari bilan mamlakat hududidan o‘tuvchi yuk tashish yo‘nalishini kelishish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Press-tur davomida Kalmuratov mamlakat uranini Rossiyaga boyitish uchun yuborish haqidagi savolga javob bermadi, bu ma’lumotni «biroz yopiq» deb atadi. Uning ta’kidicha, AES qurilishi direksiyasi va «Rosatom» yil oxirigacha tegishli shartnomani muhokama qilishni rejalashtirgan. U, shuningdek, «Rosatom» O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan urandan foydalanishga rozi bo‘lganini qayd etdi. Bu, uning so‘zlaricha, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ildam qadam hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid