
Jizzaxga ovga borgan samarqandlik erkak sherigini cho‘chqa deb o‘ylab otib qo‘ydi
10.10.2025 | 21:4724703
Voqea kechasi soat 22:00 da sodir bo‘lgan.

Joriy yil 5 oktyabr kuni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida ov vaqtida quroldan tasodifan otilgan oqibatida 30 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda voqeadan xabardor Vaqt.uz muxbiri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kechasi soat 22:00 da Mirzacho‘l tumani Gulzor qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Samarqand viloyati Ishtixon tumani, Namuna MFYda yashaovchi O.M., F.A., F.T. va T.G. ov qilish maqsadida kelib, yovvoyi cho‘chqa otmoqchi bo‘lgan. Ular qamishlar orasida o‘tirgan vaqtda F. A. qamishlar orasidani kelayotgan O. M.ni “yovvoyi cho‘chqa” deb o‘ylab, unga qarata o‘ziga tegishli bo‘lgan MR-27 YeM-1S, seriya raqami 232720043 raqamli ov qurolida bir marotaba o‘q otgan.
O‘q marhumning chap orqa qismiga tegib, Mirzacho‘l tumani tibbiy birlashmasiga ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Ichki ishlar ma’lumotlariga ko‘ra, qurol qonuniy tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lib, uning seriya raqami 232720043 va berilish sanasi 2023 yil 27 oktyabrga to‘g‘ri keladi. Halok bo‘lgan O.M. 1995 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ma’lumoti o‘rta, oila qurmagan va avval sudlanmagan.
Mirzacho‘l tuman IIB Texnik qidiruv-qutqaruv guruhi xabariga ko‘ra, tergovoldi tekshiruv ishlari boshlangan.





