add

Joylarda qor, tuman va yaxmalak: 19-dekabr kungi ob-havo kutilmasi ma’lum qilindi

Bugun 11:253322 daqiqa

Ayrim hududlarda qor, tuman va yaxmalak kuzatilib, tog‘li mintaqalarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.

Joylarda qor, tuman va yaxmalak: 19-dekabr kungi ob-havo kutilmasi ma’lum qilindi

19-dekabr kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi ehtimoli sabab haydovchilardan ehtiyotkorlik talab etiladi.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0...-2 daraja sovuq, kunduzi +1...+3 daraja iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi havo -9...-14 daraja sovuq, Ustyurt hududlarida -15...-18 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduzi harorat -2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi -3...-8 daraja sovuq, cho‘l hududlarining shimolida -10...-13 daraja sovuq, kunduzi esa +3...+8 daraja iliq havo saqlanadi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman va yaxmalak ehtimoli bor. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida asosan quruq ob-havo saqlanadi, ammo kechga tomon yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Kunduzi havo +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Respublika tog‘li hududlarida esa vaqt-vaqti bilan qor yog‘adi va 18–22-dekabr kunlari qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.

Teglar

Mavzuga oid