add

JSST ogohlantirdi: «Hindistonda yana bolalarni o‘ldiradigan siroplar ishlab chiqarilmoqda»

14.10.2025 | 23:0042314

Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘talga qarshi uchta sirop bolalarning buyragini shikastlab, o‘limga olib kelishi aniqlandi.

JSST ogohlantirdi: «Hindistonda yana bolalarni o‘ldiradigan siroplar ishlab chiqarilmoqda»
JSST saytidagi bayonotda aytilishicha, COLDRIF, Respifresh TR va ReLife nomli siroplar mos ravishda Sresan Pharmaceutical, Rednex Pharmaceuticals va Shape Pharma kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Har uchala siropda dietilenglikol (DEG) — iste’mol qilinganda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan zaharli modda aniqlangan. Bu haqda Hindistonning dori vositalari standartlarini nazorat qilish bo‘yicha markaziy tashkiloti (CDSCO) JSSTga oktyabr oyi boshida xabar bergan edi. CDSCO ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur dorilarni qabul qilish bolalarning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, Hindiston hukumati ushbu uch turdagi sirop ishlab chiqarishni darhol to‘xtatish haqida farmoyish berdi. CDSCO Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga (JSST) Hindistondan hech qanday zaharli dori vositalari eksport qilinmagani va hozirda noqonuniy eksport bo‘yicha hech qanday dalil mavjud emasligini ma’lum qildi. Shunga qaramay, JSST milliy nazorat organlarini Hindiston dori-darmon bozoriga nisbatan nazoratni kuchaytirishga, ayniqsa 2024 yil dekabr oyidan boshlab, aynan o‘sha korxonalarda ishlab chiqarilgan har qanday og‘iz orqali qabul qilinadigan suyuq dori vositalari bilan bog‘liq xavflarni sinchkovlik bilan baholashga chaqirdi. Hindistonning Madhya Pradesh shtatida COLDRIF, Respifresh TR va ReLife dori vositalarini qabul qilgan bir guruh bolalarda buyrak shikastlanishi kuzatildi. Kamida 22 nafar bola vafot etgan. Eslatib o‘tamiz, avval Hindistonda ishlab chiqarilgan Doc1 Max siropi O‘zbekiston va boshqa davlatlarda yuzlab bolalarning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi. O‘zbekistonda ushbu siropni realizatsiyasiga ruxsat bergan farmatsevtika mutasaddilari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

JSST ogohlantirdi: «Hindistonda yana bolalarni o‘ldiradigan siroplar ishlab chiqarilmoqda» | Vaqt.uz