add

JSST: Spirtli ichimliklarga soliq oshirilishi aholi salomatligi uchun samarali chora hisoblanadi

27.05.2025 | 17:2034422

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti spirtli ichimliklarga belgilangan soliqlarni oshirishni aholi salomatligini yaxshilashda eng samarali choralardan biri sifatida tavsiya qilmoqda.

JSST: Spirtli ichimliklarga soliq oshirilishi aholi salomatligi uchun samarali chora hisoblanadi
JSSTning ta’kidlashicha, soliqlarning oshirilishi alkogol narxini ko‘tarib, uning iste’molini kamaytiradi. Bu esa yurak-qon tomir, jigar va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq kasalliklar hamda halokatlar sonini kamaytirishga yordam beradi. Misol tariqasida, Irlandiya va Meksikada spirtli ichimliklarga soliq oshirilgandan so‘ng, iste’mol darajasi pasaygani va ichkilikbozlikka bog‘liq kasallanish hamda o‘lim holatlari kamaygani qayd etilgan. JSST ta’kidlaganidek, spirtli ichimliklar yurak xuruji, insult, jigar sirrozi va gepatit xavfini oshiradi. Shu bilan birga, og‘iz, qizilo‘ngach, jigar va ko‘krak saratoni rivojlanishiga ham turtki beradi. Alkogolning asab tizimiga salbiy ta’siri esa depressiya va boshqa ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi. Soliqdan tushgan daromadlar sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilishi orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, profilaktik tadbirlar va kasalliklarni davolash imkoniyatlari kengayotgani ta’kidlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid