add

Junni qayta ishlash sohadagi mahalliy mutaxassislar Mo‘g‘ulistonda o‘qitiladi

21.07.2025 | 12:3032393

Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida keng ko‘lamli hamkorlikni amalga oshiradi. Dastur hayvonchilik, eksport, qayta ishlash va ta’lim yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Junni qayta ishlash sohadagi mahalliy mutaxassislar Mo‘g‘ulistonda o‘qitiladi
2025 yil 17 iyulda Prezidentning PQ-225-sonli qarori bilan O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Hujjat ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni 2025–2026 yillar davomida tubdan rivojlantirishni nazarda tutadi. Jumladan, Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga qo‘y olib kirish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilandi. 2029 yilgacha qo‘y bosh sonini 1 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Bu jarayonda havo transporti xarajatlarining 50 foizini qoplash, QQSni kechiktirib to‘lash va 10 foiz yillik stavkaga ega imtiyozli 5 yillik kredit ajratish kabi davlat yordami ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2025 yil oxirigacha yengil sanoat ehtiyojlari uchun markazlashgan holda yupqa jun va kashemir import qilinishi belgilangan. 2026 yil oxirigacha esa junni qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash bo‘yicha yangi korxona tashkil etilib, bu sohadagi mahalliy mutaxassislar Mo‘g‘ulistonda o‘qitiladi. O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 10 barobarga oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Ulan-Bator shahrida «O‘zbekiston mahsulotlari» yarmarkalari tashkil etilib, hamkorlikda savdo uyi ochiladi. Dastur doirasida Mo‘g‘ulistonda 15 gektarli uzbek texnologiyalariga asoslangan, tomchilatib sug‘oriladigan intensiv mevali bog‘ barpo etiladi. Ushbu loyiha Agrosanoatni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qarorda 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan tadbirlar «Yo‘l xaritasi» ham tasdiqlangan. Hujjat 2025 yil 19 iyulda kuchga kirdi.

Teglar

Mavzuga oid