add

Kaliforniya gubernatori Trampning qarori ustidan sudga da’vo kiritmoqchi

10.06.2025 | 08:3042692

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom AQSH prezidenti Donald Trampning Los Anjelesdagi namoyishlarga qarshi Milliy gvardiyani jalb etish qarorini federal hukumatga qarshi sudda ko‘rib chiqish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Kaliforniya gubernatori Trampning qarori ustidan sudga da’vo kiritmoqchi
MSNBC telekanalida chiqish qilgan Nyusomning aytishicha, Tramp federal hukumat roziligisiz shtatning gvardiya kuchlarini o‘z tasarrufiga olib, huquqni buzgan. U buni «qonuniylikka, axloqqa va Konstitutsiyaga zid harakat» deb atadi. Nyusomning ta’kidlashicha, bu kabi holatlar AQSH tarixida juda kam kuzatilgan va davlatlar mustaqilligini hurmat qilmaslik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. «Biz bu qarorga qarshi sudga murojaat qilamiz. Ertaga bu nazariyani sudda sinab ko‘ramiz», — dedi u. Milliy gvardiya Los Anjelesda noqonuniy migrantlarni himoya qilish uchun o‘tkazilgan namoyishlarga qarshi safarbar qilingan. Ushbu harakat mamlakat bo‘ylab katta norozilikka sabab bo‘lmoqda. Kaliforniya rahbariyati Tramp ma’muriyatining bu qarorini davlat organlari va jamiyat orasidagi muvozanatga tahdid sifatida baholamoqda.

Teglar

Mavzuga oid