add

Kanadada yirik yong‘inlar tufayli 17 ming kishi ko‘chirildi

30.05.2025 | 17:5041492

Saskachevan va Manitoba provinsiyalarida kuzatilayotgan o‘rmon yong‘inlari Kanadada so‘nggi yillardagilar orasida eng yiriklaridan biriga aylandi. Tabiiy ofat natijasida kamida 17 ming kishi xavfli hududlardan evakuatsiya qilindi.

Kanadada yirik yong‘inlar tufayli 17 ming kishi ko‘chirildi
CNN ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 160 dan ortiq yong‘in nazoratdan chiqib ketgan. Eng og‘ir holatlar Saskachevan va Manitobada kuzatilmoqda. Har ikki provinsiyada favqulodda holat e’lon qilingan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu hududlardagi yong‘inlar inson salomatligiga va muhitga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi ushbu yong‘inlar xavfini oshirganini qayd etmoqda. Yilning birinchi yarmidagi kuchli issiqlik va qurg‘oqchilik yomg‘ir ehtimolini pasaytirib, yong‘inlarga qarshi kurashni qiyinlashtirgan. Yong‘inlardan chiqqan tutun AQSHning bir nechta shtatlariga ham yetib borishi mumkin. Bu esa havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolidan dalolat beradi. Kelgusi oylarda ham yong‘inlar davom etishi taxmin qilinmoqda. Kanada hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirib, evakuatsiya ishlarini izchil amalga oshirmoqda. Ular tez orada yomg‘ir yog‘ishiga umid qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Kanadada yirik yong‘inlar tufayli 17 ming kishi ko‘chirildi | Vaqt.uz