add

Karlo Anchelotti qamoqqa hukm qilindi

09.07.2025 | 22:479213

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi soliq to‘lamagan futbol yulduzlariga qarshi Ispaniyaning qat’iy choralariga duchor bo‘lgan mashxurlar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Karlo Anchelotti qamoqqa hukm qilindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Anchelotti 2014–2015 yillarda «Real Madrid» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan davrda, qo‘shimcha daromadlarini yashirish maqsadida sun’iy kompaniyalar tuzib, 1 million yevroga yaqin soliq to‘lamaslikka urinishda ayblangan. Anchelotti apellyatsiya qilingan sud jarayonida bu harakatlar qasddan amalga oshirilmaganini bildirgan. U o‘z maoshining bir qismi imidj huquqlari orqali to‘langanini bilganini, ammo bu soliq to‘loviga ta’sir qilishini tushunmaganini aytgan. Madrid sudi Anchelottini «moliya organlari oldidagi majburiyatni buzganlik»da aybli deb topib, uni bir yillik qamoq jazosi hamda 386 361 yevro miqdorida jarimaga mahkum etganini e’lon qildi. Biroq «Chelsi», «Bavariya» va «PSJ» klublarining sobiq murabbiyi bo‘lgan Anchelotti hozirda Ispaniyada yashamagani, shuningdek, avval sudlanmagani va unga berilgan jazo ikki yildan kam bo‘lgani sababli qamoq jazosini o‘tamaydi. Sud, shuningdek, uni 2015 yil uchun soliq to‘lash bo‘yicha aybdan oqladi, chunki uning o‘sha yili Ispaniyada doimiy fuqarolik yashash manzili borligi aniq isbotlanmagan. Shu tariqa, Karlo Anchelotti soliq to‘lamagan futbol yulduzlariga qarshi Ispaniyaning qat’iy choralariga duchor bo‘lgan mashxurlar ro‘yxatiga qo‘shildi.

Teglar

Mavzuga oid