add

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi

28.10.2025 | 20:004501

Prezidentning tegishli farmoni bilan kasbiy ta’lim tizimida bir qator yangiliklar joriy etiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi

Prezidentning 23 oktyabrdagi «Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–190-sonli farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Mazkur farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad etib, kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga o‘qitish, ilg‘or xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash belgilangan.

Agentlik tomonidan faoliyatini davlat standartlari asosida tashkil etgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) beriladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.

Farmonga muvofiq kengash tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik sub’ektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yildan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid