add

Katta miqdorda soliq qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

Bugun 21:005411 daqiqa

Soliq qo‘mitasi 1 200 dan ortiq qurilish korxonasining katta miqdordagi soliq qarzdorligi borligi haqida ma’lumot berdi.

Katta miqdorda soliq qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi

2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1 238 tani tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur korxonalarning jami qarzi 1,1 trln so‘mga yetgan. Shundan 241,7 mlrd so‘mi yoki 20,8 foizi soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, eng katta miqdordagi qarzdor kompaniyalar Toshkent shahridagi «Aziya Invest Favorit» (64,2 mlrd so‘m), «Avtosanoat-injiniring» (63,9 mlrd so‘m) va «Tamirlash Qurish Servis» (50,3 mlrd so‘m) MCHJlar ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, korxonalarning soliq qarzdorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich quyidagi hududlarda qayd etildi:

Toshkent shahri – 472,1 mlrd so‘m;

Toshkent viloyati – 117,2 mlrd so‘m;

Andijon viloyati – 81,9 mlrd so‘m;

Navoiy viloyati – 76,7 mlrd so‘m;

Buxoro viloyati – 75 mlrd so‘m.

Eslatib o‘tamiz, yanvar–oktabr oylarida qurilish korxonalariga 2 trln 278,3 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari berilgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid