add

Kelasi mavsumda ham mazutdan foydalanish ehtimoli bor — Issiqlikta’minoti

10.07.2025 | 10:4032093

O‘zbekistonda 2025–2026 yilgi isitish mavsumida zaruratga qarab mazutdan zaxira yoqilg‘i sifatida foydalanilishi mumkin. Ilhom To‘rayevning aytishicha, mazut xaridi rejalashtirilmagan bo‘lib, asosiy maqsad tabiiy gaz orqali isitishni ta’minlash hisoblanadi.

Kelasi mavsumda ham mazutdan foydalanish ehtimoli bor — Issiqlikta’minoti
8 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Issiqlikta’minoti» kompaniyasi boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayev kelayotgan kuz-qish mavsumida ham mazutdan ehtiyojga qarab foydalanish mumkinligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu turdagi yoqilg‘i hozircha zaxirada saqlanmoqda va hozirgi paytda uni sotib olish rejada yo‘q. To‘rayevning ta’kidlashicha, o‘tgan mavsumda mazut deyarli ishlatilmagan. Faqatgina Nuroboddagi bir va Toshkentdagi ikki qozonxonada undan foydalanilgan. Bu yil esa mavjud zaxiralar yetarli hisoblanib, yangi xaridga ehtiyoj sezilmagan. Isitish tabiiy gaz orqali ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, To‘rayev O‘zgidromet tomonidan taqdim etilgan ob-havo prognozi va o‘tgan yildan saqlanib qolgan mazut zaxiralari joriy mavsum talablarini qoplash uchun yetarli ekanini qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Prezident 2025 yil yakuniga qadar barcha hududlarda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishda mazutdan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha topshiriq bergandi. Bunda faqat favqulodda va avariya holatlar bundan mustasno sifatida ko‘rilgan.

Teglar

Mavzuga oid