add

Keskin burilish: Ozarboyjon armiyasi to‘liq NATO standartlariga o‘tmoqda

Kecha 21:566581

Ilgari Ozarboyjon armiyasi asosan sovet va rus qurol-aslahalaridan foydalanardi. Endi ulardan asta-sekin voz kechadi.

Ozarboyjon qurolli kuchlari NATO standartlariga moslashtirilmoqda. Bu haqda prezident Ilhom Aliyev harbiy blok vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Ilgari Ozarboyjon armiyasi asosan sovet va rus qurol-aslahalaridan foydalanardi. NATO standartlariga o‘tish quyidagilarni anglatadi:

— NATO a’zolaridan (AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) qurol-aslaha xarid qilish.

— Armiyadan rus texnika namunalarini asta-sekin chiqarib tashlash.

— Shaxsiy tarkibni G‘arb qurilmalari bilan o‘qitish.

«Boku Turkiya armiyasi va ittifoqning boshqa davlatlari harbiy idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Ozarboyjon yerlarni bosqinchilikdan ozod qilganidan buyon o‘zining asosiy maqsadiga erishdi», - dedi Ilhom Aliyev NATO delegatsiyasini qabul qilar ekan.

Avgust oyida — Rossiya bilan munosabatlar yomonlashgan bir paytda — Aliyev Ozarboyjon har doim urushga shay turishi kerakligini ta’kidlagandi:

«Agar kimningdir kasal miyasiga Ozarbayjonga qarshi biror fitna uyushtirish fikri kelsa, ular bundan afsuslanadilar», - degandi u.

Teglar

Mavzuga oid